Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
Deputat Zargarlik mahallasidagi murojaatlarni joyida ko‘rib chiqdi

Deputat Zargarlik mahallasidagi murojaatlarni joyida ko‘rib chiqdi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "24-Shirin" okrugi deputati Shahnoza Mustafayevaning okrugidagi Zargarlik mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

📂 O‘rganish davomida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi doirasida mahallaga xizmat ko‘rsatayotgan "Xuroson Servis" boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Xususan, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, hovli hududlarining sanitariya holati, tungi yoritilishi hamda boshqaruv kompaniyasi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.

✅ O‘rganish jarayonida 47-uy, 40-xonadonda yashovchi fuqaro X.M. yuqori qavatdagi sanuzel tarmog‘idan suv sizib kirayotgani yuzasidan murojaat qildi. Deputat tashabbusi bilan "Xuroson Servis" boshqaruv servis kompaniyasi xodimlari zudlik bilan holat yuzasidan joyiga jalb etilib, murojaat joyida ko‘rib chiqildi va uning ijrosi ta’minlandi.

📈 Shu bilan birga, hududni obodonlashtirish, hovlilarni tozalash, podyezdlarni joriy ta’mirlash ishlari talab darajasida olib borilmayotgani yuzasidan boshqaruv kompaniyasi rahbariga tanqidiy e’tirozlar bildirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

📝 Shuningdek, 56-uy oldidagi ichki yo‘lak bir necha yillardan buyon ta’mirtalab holatda ekani va bu fuqarolar haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi. Mazkur masala yuzasidan uy boshlig‘i R.Alimovning deputat nomiga murojaati qabul qilindi. Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida ushbu hududni mahalla jamg‘armasining 10 foizlik mablag‘lari hisobidan asfaltlashtirish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan O'zbekiston mahallalar uyushmasining Uchtepa tumani bo'limi boshlig'i L.Yusupov nomiga deputatlik so‘rovi kiritilishi belgilandi.

📝 O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va aniqlangan kamchiliklarning ijrosini nazoratga olish, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 6