Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.K.Narbaeva rahbarligida videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining sayyor majlisida “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish natijalari muhokamasi to‘g‘risida”gi masala yuzasidan ko‘tarilgan muammolarga ijobiy yechim topish, shuningdek, xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-, 34- va 36-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining “3-Charag‘on” saylov okrugi deputati M.Zaripova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov va tegishli hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida hududda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
 Nazorat-tahlil tadbirlari davomida hududdagi 13-son va 20-son maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati atroflicha o‘rganildi. Xususan, bolalar qamrovi, tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanishi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda oshxona faoliyatining amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilganligi yuzasidan tahlillar olib borildi.
  Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini, shuningdek, imtiyozli va maxsus kontingent toifasiga kiruvchi bolalarni belgilangan tartibda yo‘llanmalar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish holati ham o‘rganildi. Ushbu yo‘nalishda yuritilayotgan hujjatlar, qabul jarayonining shaffofligi hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 2