Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va amalga oshirilgan ishlar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qahharova tomonidan "Shaldiramoq" mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy xodimi U.Kenjaboyev faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida qonun talablarining amaliy ijrosi, ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda yashash sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, "Shaldiramoq" MFY hududida A.Temur I ko‘chasi 5/26-xonadonda yashovchi fuqaro G.Egamberdiyeva, Shaldiramoq ko‘chasi 3/24-xonadonda yashovchi fuqaro X.Komilov hamda Shaldiramoq ko‘chasi 1/1-uyda yashovchi fuqaro A.Xamidovning xonadonlarida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida bajarilgan ta’mirlash ishlarining sifati, fuqarolarga yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilgan ishlarning amaldagi talablarga muvofiqligi baholanib, mas’ullar bilan mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari X.Abdullayev hamda A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4