Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qahharova tomonidan "Shaldiramoq" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli M.Sulaymonqulova faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan qonun talablarini amaliyotga tatbiq etish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 8 nafar ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgani, 8 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori A.Usmonov tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgani, 22 nafar xorijiy migratsiyada bo‘lib qaytgan ayollar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam profilaktik suhbatlar olib borilib, ularning oilalariga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, 5 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilgani hamda 1 nafar fuqaroga ijara to‘lovlari uchun moddiy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.

O‘rganish jarayonida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarni ijtimoiy, huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda ehtiyojmand xotin-qizlar bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2