Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
TOSHLOQTEPA MAHALLASIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudir A.Ermatov, 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N.Xasanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Toshloqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–371-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mahalla profilaktika inspektori, leytenant O.Shermatov tomonidan hududda olib borilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, Toshloqtepa mahallasida 7 500 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla hududining Bexizor, Al-Farg‘oniy, Vatan va Shohimardon ko‘chalariga jami 20 ta zamonaviy kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular jamoat tartibini saqlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, hududdagi profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar holati ham ko‘rib chiqildi. Hozirgi kunda mahallada 2 nafar nazoratga olingan voyaga yetmagan hamda 6 nafar ichkilikbozlikka ruju qo‘ygan fuqaro bilan individual profilaktik ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlar o‘rtasida nazoratni kuchaytirish, profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda videokuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan qonunlar ijrosini joylarda o‘rganish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning tinch hamda osoyishta hayotini ta’minlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6