Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
OILAVIY AJRIMLAR, ERTA VA QARINDOSHLIK NIKOHLARINING OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi A.Mahkamov olib bordi.
Yig‘ilishda Kengash kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan deputat A.Mahkamovga biriktirilgan tashkilot Marg‘ilon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi tomonidan shaharda oilaviy ajrimlarning oldini olish, erta nikoh hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasida 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Hisobotda qayd etilishicha, yilning 6 oyi davomida shahardagi 252 ta nizoli oiladan 211 tasi yarashtirilib, 304 nafar voyaga yetmagan farzandning to‘liq oilada voyaga yetishiga erishilgan.

Shuningdek, joriy yilning 6 oyida shaharda 209 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 taga ko‘p. Ajrashgan oilalardagi 162 nafar voyaga yetmagan farzand ota yoki ona qaramog‘ida qolgan. Ajrimlarning asosiy sabablari sifatida oilaviy kelishmovchilik (109 ta), farzandsizlik (19 ta), xiyonat (5 ta), hukm asosida ajrim (2 ta), ichkilikbozlik (1 ta) hamda boshqa omillar (73 ta) keltirildi.

Hisobot davomida 2026-yilning 6 oyida shaharda 665 ta nikoh qayd etilgani, 180 ta holatda otalikni belgilash bo‘yicha murojaatlar rasmiylashtirilgani hamda yolg‘iz ona arizasiga asosan 48 ta tug‘ilish qayd etilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, oila-turmush munosabatlaridagi huquqbuzarliklar ham tahlil qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 5 oyi davomida oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq 34 ta holat qayd etilgan. Zo‘ravonlikdan jabrlangan 206 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan bo‘lib, ularning 168 tasi oilada sodir etilgan zo‘ravonlik holatlariga to‘g‘ri keladi. Takroriy himoya orderi berilganlar soni 3 nafarni tashkil etgan.
Muhokamalar davomida deputatlar hisobot yuzasidan savol va takliflarini bildirib, oilaviy ajrimlarni kamaytirish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdilar.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6