Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat saylaw okruginde kóshe-kóshe júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Turaqlı komissiya rayonlıq Awıl xojalıǵı bólimi jumısı menen tanıstı
янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston XDPdan saylangan "1-Degrez" saylov okrugi deputati, Kengashning mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi Begjanov Ulug'bek Utkurovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Sanjar Abdikarimovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–223-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “Uchtepa tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2025-yil 30-dekabrdagi III-22-131-14-202-K/25-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli masalalar so'ralgan.

📁 Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Dasturining 6- va 7-ilovalarida hududiy eksport salohiyatini oshirish hamda investitsiyalar hajmini ko‘paytirishga qaratilgan investitsiya loyihalari va ularni amalga oshirish muddatlari belgilangan.

📝 Shu munosabat bilan, yuqoridagi Farmon va tuman Kengashi qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida belgilangan investitsiya loyihalarining bajarilish holati, o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda ijrosi kechikayotgan loyihalar va buning sabablari bo‘yicha to‘liq tahliliy yozma hisobotni qonunchilikda belgilangan muddatda yozma ravishda yuborish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1