Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat saylaw okruginde kóshe-kóshe júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Turaqlı komissiya rayonlıq Awıl xojalıǵı bólimi jumısı menen tanıstı
янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI

 ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va
xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi a’zosi B.Abdurahimov hamda Yoshlar maslahat
guruhi vakili J.Abdurashidov ishtirok etdi.


Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, tumanda 2026-yilning birinchi yarim yilligi
davomida davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni
qo‘llash amaliyotining holati, shuningdek, joylarda korrupsiyaviy omillarning
oldini olish, ochiqlik va qonuniylikni ta’minlash, korrupsiya holatlariga yo‘l
qo‘ymaslik borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya
bo‘limining axboroti o‘rganilib, atroflicha muhokama qilindi.


Muhokamalar davomida sohada amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, huquqiy
hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishi, ularning qonunchilik talablariga
muvofiqligi, huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammolar hamda ularni
bartaraf etish choralari yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan taklif va
mulohazalar bildirildi.


Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul
qilinib, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish,
qonunchilik ijrosini ta’minlash hamda huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada
kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 2