35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemi jumısı hám imaratlarınıń texnikalıq jaǵdayın úyrendi.
янв.21
Baslanǵısh partiya shólkemi shólkemlestirilmekte
янв.21
BELSENE NURANÍYLAR MENEN ABADANLASTÍRÍW MÁSELELERI DODALANDÍ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI MASHALALAR ÚYRENILMEKTE
янв.21
“Jaslar másláhát toparı” aǵzaları ushın oqıw seminarı bolıp ótti
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı mektep imaratınıń kapital ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Ekologiya partiyası "Meniń baǵım" joybarı sheńberinde ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı boyan tamır islep shıǵarıw kárxanasınıń jumısı menen tanıstı
Mahalla muammolariga amaliy yechim: deputat va “Mahalla yettiligi” uchrashuvi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari “Yastepa” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” va aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlaridagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolarning sayyor qabuli tashkil etilib, aholi murojaatlari va muammoli masalalarga oid hujjatlar o‘rganildi.

✅Qabul jarayonida bir guruh mahalla oqsoqollari mahalla balansidagi sport maydonini ta’mirlash, yoshlar va nuroniylar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida taekvondo zali hamda o‘smirlar uchun futbol maydonini qayta ta’mirlash bo‘yicha takliflar bildirdilar. Deputat Nasiba Mo‘minova mazkur masalalarni o‘rganib, obodonlashtirish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilishi va bu jarayonga deputatlik nazoratiga olinishini ta’kidladi. Uchrashuvlar davomida aholi muammolarini joyida hal etish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda mas’ullarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berishga alohida e’tibor qaratildi.

✅Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 4