Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhálledegi ishimlik suwı tarmaǵınıń avariyalıq jaǵdayın úyrendi
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI MASHQALALARDI ÚYRENDI
янв.21
Deputat “Jipek jolı” máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
2# TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
янв.21
ШЫМБАЙДА "ҚУЎАНЫШ ҲӘМ МЕҲИР ҮЛЕСЕЙИК" АКЦИЯСЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
#Kengash_raisi

Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman Kengashi raisi D.Ulug'boyeva 58-maktabda umumta’lim maktablari direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda maktab bitiruvchilari hamda umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining apro.uz test bazasida ishlash holati tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, o‘quvchilarni ta’limga keng jalb etish, oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, o‘quvchi-yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ta’til davrida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda o‘quvchi-yoshlarni turli fan olimpiadalari va sport to‘garaklariga keng jalb qilish orqali ularning bilim va qiziqishlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Bu borada maktab direktorlarining mas’uliyati, tashabbuskorligi va fidoyiligi muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilish yakunida tuman hokimi maktabda tashkil etilgan "Kamalak" bolalar yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasidagi shart-sharitlarni ko‘zdan kechirdi.

Slide 1 of 4