Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati Tursunboev Alim Samatovich “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida saylovchilar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida hisobot berib, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy infratuzilma, ichki yo‘llar, elektr energiyasi, ichimlik suvi, bandlik hamda ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar va erishilgan natijalar alohida qayd etildi.

Deputat o‘z faoliyatida saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlariga tezkor yechim topish hamda davlat dasturlari ijrosini joylarda samarali tashkil etishga ustuvor ahamiyat qaratayotganini ta’kidladi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi qayd etildi. Yakunda deputat tomonidan kelgusidagi ustuvor vazifalar, hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ham ma’lumot berildi.

Slide 1 of 3