Jarayonda harbiy hisobni yuritish, chaqiruv yoshidagi fuqarolar bilan ishlash, harbiy xizmatga tayyorgarlikni tashkil etish hamda qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishi belgilandi.
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi tomonidan saylov okruglarida qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.