Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat saylaw okruginde kóshe-kóshe júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Turaqlı komissiya rayonlıq Awıl xojalıǵı bólimi jumısı menen tanıstı
янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
#deputat_faoliyati

️Tasdiqlangan reja grafik asosida hamda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 19-Xumin saylov okrugidan saylangan deputat N.Fatullayeva, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi deputatlik guruhi hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Jondor tumani bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
️O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik nazoratni ta’minlash, chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
️Shuningdek, hududda ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, jismoniy va yuridik shaxslar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
️O‘rganish yakunida soha faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ekologik nazoratni kuchaytirish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kengaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan bu kabi o‘rganishlar hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi uchun sog‘lom va musaffo atrof-muhitni shakllantirish hamda davlat ekologik siyosatining joylarda samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 9