Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat saylaw okruginde kóshe-kóshe júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Turaqlı komissiya rayonlıq Awıl xojalıǵı bólimi jumısı menen tanıstı
янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi bosh mutaxassisi Sh.Tursunqulov, Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov, kotibiyat mudiri Q.O‘tayev hamda tuman Kengashi deputati G.Suvonqulovalar tomonidan Birlashgan mahallasida yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.O‘rganish davomida mazkur yer maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar, ekinlar parvarishi, hosildorlikni oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda yer resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish darajasi tahlil qilindi.
Tahlillar natijasida aksariyat yoshlar tomonidan ajratilgan yer maydonlaridan unumli foydalanilayotgani, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish orqali o‘z bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarini oshirishga erishilayotgani qayd etildi. Bu esa davlat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanilayotganining amaliy namunasi sifatida baholandi.
Shu bilan birga, ayrim holatlarda yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini yana-da oshirish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish hamda yuqori daromad keltiruvchi ekin turlarini keng joriy etish zarurligi ta’kidlandi.
Mas’ullarga bu borada amaliy ko‘mak va tavsiyalar berish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
O‘rganish yakunida yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali yoshlar bandligi va daromadlarini yana-da oshirish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.

Slide 1 of 4