Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat saylaw okruginde kóshe-kóshe júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Turaqlı komissiya rayonlıq Awıl xojalıǵı bólimi jumısı menen tanıstı
янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularni qiynab kelayotgan muammo va takliflarni bevosita eshitish hamda ularning qonuniy yechimini topish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni belgilashdan
iborat bo‘ldi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan yo‘l va transport infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga oid bir qator murojaat va takliflar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Zudlik bilan hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar belgilandi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlik nazoratiga olindi. Shuningdek, qabul davomida fuqarolarning takliflari asosida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va mavjud infratuzilmani yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi. Qabul yakunida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda amaliy natijalarga erishish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. Bunday fuqarolar qabullari deputat va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 3