Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MÁHÁLLEDEGI MASHALALAR ÚYRENILMEKTE
янв.21
“Jaslar másláhát toparı” aǵzaları ushın oqıw seminarı bolıp ótti
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı mektep imaratınıń kapital ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Ekologiya partiyası "Meniń baǵım" joybarı sheńberinde ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı boyan tamır islep shıǵarıw kárxanasınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhálledegi ishimlik suwı tarmaǵınıń avariyalıq jaǵdayın úyrendi
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI MASHQALALARDI ÚYRENDI
янв.21
Deputat “Jipek jolı” máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
2# TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev o‘ziga biriktirilgan Bobur mahallasiga tashrif buyurdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev o‘ziga biriktirilgan Bobur mahallasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan atroflicha suhbatlashildi. Shuningdek, mahallada
mavjud dolzarb masalalar, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan
natijalar hamda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash, davlat organlari va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni tizimli hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
Tashrif yakunida mahalladagi ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati tomonidan biriktirilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan monitoring va amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlari izchil
davom ettirilmoqda
. 

Slide 1 of 4