35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Alisher Turdiyev Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev bilan birgalikda Nurafshon shahrida maishiy chiqindilarni yig‘ish va ularni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida shahardagi mahallalar, ko‘p qavatli uylar hududlari hamda ijtimoiy soha obyektlariga tutash hududlarda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlarining tashkil etilishi, mavjud konteyner maydonchalari holati, sanitariya-tozalik qoidalariga rioya etilishi va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi.
Shuningdek, ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqish davriyligi, konteynerlarning texnik holati hamda ularni joylashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan fikr almashildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya holatini yanada yaxshilash hamda aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan mazkur masala doimiy nazoratga olinib, fuqarolarning sog‘lom va obod yashash muhitini ta’minlash, atrof-muhit tozaligini saqlash hamda ekologik madaniyatni oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2