Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 16-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat V.Qurbonova tomonidan hududdagi savdo va tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 16-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat V.Qurbonova tomonidan hududdagi savdo va tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida bozorlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, savdo rastalari hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar sifati, narx-navoning barqarorligi hamda tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–328-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati ham atroflicha tahlil qilindi. Mazkur qonun tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ularni qiynab kelayotgan ayrim masalalar, savdo jarayonidagi mavjud muammolar va takliflar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qonun ijrosini ta’minlash va aholi uchun qulay savdo muhitini yaratish borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

#96_qonun_ijrosi


Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook