Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI RAYONLIQ DENSAWLIQTI SAQLAW BÓLIMI JUMISIN ÚYRENDI
янв.21
“Taǵjap” APJ aymaǵındaǵı qurılıs jumısları menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
Deputat Kegeyli kanalınıń Bes-jap tarnawı suw sarplaw jaǵdayın úyrendi
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.

Sessiyada Marg‘ilon shahar hokimi Elbek Rustamov, shahar Kengashi deputatlari, ekspert-maslahat guruhi hamda yoshlar maslahat guruhi a’zolari, “Madad” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov, shuningdek, tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga yoshlar siyosatini yanada takomillashtirishga qaratilgan ikki muhim masala kiritildi. Xususan, shaharda yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga xizmat qiladigan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash hamda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy ko‘mak ajratish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida deputatlar har bir masala yuzasidan faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirdilar. Masalalar tanqidiy va konstruktiv ruhda muhokama qilinib, qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligini oshirish, ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Ularning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlar hamda mutasaddilarga aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilab berildi.

Ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash maqsadida sessiya jarayoni Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirda namoyish etildi. Bu esa keng jamoatchilikka Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi faoliyatini bevosita kuzatish, muhokama etilgan masalalar hamda qabul qilingan qarorlar mazmuni bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.

Mazkur sessiyada qabul qilingan qarorlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 9