Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI RAYONLIQ DENSAWLIQTI SAQLAW BÓLIMI JUMISIN ÚYRENDI
Navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi

Navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi

Qamashi tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xurshid Usmonov tuman prokurori hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabulini o'tkazdi.

Qabul davomida fuqarolarning mahalla infratuzilmasini yaxshilash, sog'ligini tiklash, bandlikni ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari o'rganildi.

Murojaatlarning aksariyati qabul jarayonidayoq ijobiy hal etildi. Jumladan, mahallalarda yo'l ta'mirlash ishlarini amalga oshirish, fuqaro Z. Hasanovaning sog'ligini tiklash uchun zarur yordam ko'rsatish hamda S. To'rayevani ish bilan ta'minlash bo'yicha murojaati qabul davomida ijobiy hal qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan fuqarolarning bir qator loyihalari ko'rib chiqilib, ularni amaliyotga tatbiq etish va ishlarni boshlash yuzasidan mas'ullarga aniq vazifalar belgilandi.