Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI RAYONLIQ DENSAWLIQTI SAQLAW BÓLIMI JUMISIN ÚYRENDI
"Adolat" mahallasida barpo etilayotgan "Yashil bog‘" yuzasidan Kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi

"Adolat" mahallasida barpo etilayotgan "Yashil bog‘" yuzasidan Kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi

🏛 Fuqarolar murojaati asosida Yunusobod tumani "Adolat" mahallasi 80/14- va 80/1-uylar oldidagi yashil hududni "Yashil bog‘" sifatida tashkil etish masalasi belgilangan tartibda o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentyabrdagi 529-son qarori talablari hamda mutasaddi tashkilotlarning ilmiy xulosalari va tavsiyalari asosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

📝 Mazkur qarorga muvofiq, "Adolat" mahallasi hududidagi 2 500 kvadrat metr yer maydonida "Yashil bog‘" barpo etilishi belgilangan bo‘lib, yashil hududni saqlash, muntazam parvarishlash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatilgan.

📝 Qaror ijrosini ta’minlash va amalga oshirilayotgan ishlarning holatini joyida o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva, Toshkent shahar va tuman Kengash deputatlari ishtirokida hududga chiqildi. O‘rganish davomida "Yashil bog‘"ni tashkil etish ishlari, mavjud daraxtlarning saqlanish holati, ularni sug‘orish, oziqlantirish va parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, deputatlar mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muloqot o‘tkazib, Kengash qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, yashil hududning kelgusida samarali saqlanishi hamda fuqarolar uchun qulay ekologik maskan sifatida rivojlantirilishi yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 7