Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI RAYONLIQ DENSAWLIQTI SAQLAW BÓLIMI JUMISIN ÚYRENDI
Mahallada jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasi xodimlari va faollari ishtirokida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda tinch va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

🔺Tadbir davomida mahallaga biriktirilgan profilaktika inspektori tomonidan hududda jinoyatchilik profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Xususan, joriy yil davomida sodir etilgan huquqbuzarliklar tahlili, ularning kelib chiqish sabab va omillari, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi ishlar, notinch oilalar hamda ijtimoiy xavfli ahvolga tushib qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan fuqarolar bilan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar haqida ma’lumot taqdim etildi.

🔺Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik, alkogolizm, kiberjinoyatlar va boshqa salbiy holatlarga qarshi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, oilaviy nizolarni barvaqt bartaraf etish hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ham axborot berildi.

🔺Deputat tomonidan aholi o‘rtasida xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan manzilli ishlash, tungi profilaktik reydlarni oshirish, targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1