Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI RAYONLIQ DENSAWLIQTI SAQLAW BÓLIMI JUMISIN ÚYRENDI
Istiqbol mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash masalasi joyiga chiqib o‘rganildi

2026-yil 1-iyul kuni Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda tuman Kengashi deputati G. Dosova tomonidan Shovot tumanining Istiqbol mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Istiqbol mahallasi Madaniyat ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning tom qismi tabiiy ofat oqibatida shikastlanib, ta’mirtalab holatga kelgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Shovot tumani hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i B. Bayjonov nomiga 88-ds-448-26-son deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovi asosida mas’ul tashkilot mutaxassislari Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I. Masharipov ishtirokida obyektga chiqib, holatni batafsil o‘rgandilar.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat so‘rovida ko‘tarilgan masalani bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi hamda ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash ishlari 2026-yil avgust oyida to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan mazkur masalaning ijrosi doimiy nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan muddatlarda ta’mirlash ishlarining sifatli va to‘liq bajarilishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 4