Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI RAYONLIQ DENSAWLIQTI SAQLAW BÓLIMI JUMISIN ÚYRENDI
янв.21
“Taǵjap” APJ aymaǵındaǵı qurılıs jumısları menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
Deputat Kegeyli kanalınıń Bes-jap tarnawı suw sarplaw jaǵdayın úyrendi
Beshqayragʻoch mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Beshqayragʻoch mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyasi ijrosini ta’minlash hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida tumandagi Beshqayragʻoch mahallasiga o‘rganishga chiqildi.

📊 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularning belgilangan tartibda to‘lanishi holati o'rganildi.

📇 Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarni tashkil etishda amaldagi tartib va mezonlarga rioya etilishi, ehtiyojmand oilalarning haqiqiy holatini o‘rganish, ularga ko‘rsatilayotgan manzilli yordamning samaradorligi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining amaliy natijalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

🇺🇿 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "7-Beshqayragʻoch" okrugi deputati Xaydarova Ziyoda Tolipovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda "Mahalla yettiligi" a’zolari ishtirok etdi.

↗️ Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan ajratilayotgan ijtimoiy yordamlarning manzilliligini ta’minlash va mahallalarda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5