Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI RAYONLIQ DENSAWLIQTI SAQLAW BÓLIMI JUMISIN ÚYRENDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Cho‘lobod mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Cho‘lobod
mahallasida
joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida maktab kutubxonasining faoliyati, kitob fondining holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini
yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Kutubxonada o‘quvchilarning badiiy, ilmiy-ommabop va o‘quv adabiyotlaridan samarali foydalanishi, kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilishi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.
Shuningdek, kutubxona fondini zamonaviy va mazmunli adabiyotlar bilan muntazam boyitish, o‘quvchilarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, turli tanlovlar, uchrashuvlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi. Ta’kidlanganidek, “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois, ta’lim muassasalarida kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, kitob mutolaasini keng targ‘ib etish va yoshlarni kitobga mehr ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tashrif yakunida maktab ma’muriyati bilan kitobxonlikni rivojlantirish, o‘quvchilarning mutolaa madaniyatini oshirish hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan amalga oshiriladigan istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.  

Slide 1 of 3