Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Taǵjap” APJ aymaǵındaǵı qurılıs jumısları menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
Deputat Kegeyli kanalınıń Bes-jap tarnawı suw sarplaw jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat máhállede sanitariya hám jámiyetlik salamatlıq máselelerin dodaladı
янв.21
2-IYUL - ÓZBEKSTAN RESPUBLIKASI MÁMLEKETLIK GERBI QABIL ETILGEN KÚN
янв.21
KEŃES BASLÍǴÍNÍŃ MÁHÁLLE BELSENDILERI MENEN UShÍRASÍWÍ ÓTKERILDI
янв.21
Deputat 2026-2027-oqıw jılına tayarlıq sheńberinde mekteptegi ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat Shımbay rayonındaǵı mayıplıǵı bolǵan er adamlar ushın "Múriwbet" úyindegi qurılıs-ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
seminar
янв.21
30-июнь — Жаслар күни
янв.21
Социаллық объектлер үйренилмекте!
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 10-Birlashgan saylov okrugiga saylangan deputat D.Teshaboyev nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug‘bekova tomonidan Dehqonobod MFYda hokim yordamchisi Zohid Tursunaxmadov faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgani aniqlandi:

✅ "Oilaviy tadbirkorlik" dasturi doirasida 16 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilgan;

✅ "Biznesga birinchi qadam" dasturi doirasida 6 nafar fuqaroga imtiyozli kredit berilgan;

✅ "Mahalla doirasi" dasturi orqali 5 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit ajratilgan;

✅ Kambag‘allik reyestridagi 5 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit berilgan;

✅ Shuningdek, 5 nafar fuqaroga subsidiya asosida ko‘mak ko‘rsatilgan.

📈 Natijada kambag‘allikni qisqartirish borasida ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Yil boshida kambag‘allik reyestrida 24 ta oila mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 15 ta oilani tashkil etmoqda.

💼 5 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi;

🏡 9 ta oilaning daromadi oshgani sababli ular kambag‘allik reyestridan chiqarildi.

🌱 Aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Slide 1 of 2