Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Fazogir” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

🔺Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan uy-joy, elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq qator murojaatlar bildirildi.

🔺Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborish va nazoratga olish belgilandi.

Slide 1 of 2