Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

🇺🇿 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston "Adolat" SDPdan saylangan "5-O‘tkir" okrugi deputati Ibrohimjon Abdullayev, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda "mahalla yettiligi" a'zolari ishtirok etdi.

🗂 Deputatlik nazorati davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 29-maydagi SQ-135-V-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan "Biyron Bolakay" markazi faoliyati bilan tanishildi. Markazda bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy va reabilitatsiya xizmatlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmatlar sifati o‘rganildi.

📇 Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonunchilikda belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlardan foydalanish holati, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy xizmatlar yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, mavjud masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📝 O‘rganish yakunida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish hamda parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6