Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Taǵjap” APJ aymaǵındaǵı qurılıs jumısları menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
Deputat Kegeyli kanalınıń Bes-jap tarnawı suw sarplaw jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat máhállede sanitariya hám jámiyetlik salamatlıq máselelerin dodaladı
янв.21
2-IYUL - ÓZBEKSTAN RESPUBLIKASI MÁMLEKETLIK GERBI QABIL ETILGEN KÚN
янв.21
KEŃES BASLÍǴÍNÍŃ MÁHÁLLE BELSENDILERI MENEN UShÍRASÍWÍ ÓTKERILDI
янв.21
Deputat 2026-2027-oqıw jılına tayarlıq sheńberinde mekteptegi ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat Shımbay rayonındaǵı mayıplıǵı bolǵan er adamlar ushın "Múriwbet" úyindegi qurılıs-ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
seminar
янв.21
30-июнь — Жаслар күни
янв.21
Социаллық объектлер үйренилмекте!
23-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Bodullayev, doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakili hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari bilan hamkorlikda 25-Olg‘a saylov okrugiga qarashli Chorvador mahallasi Hazarmali qishlog‘ida joylashgan 23-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

➡️O‘rganish davomida muassasadagi tarbiyalanuvchilar soni, guruh xonalarining holati, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishi uchun yaratilgan sharoitlar, ovqatlantirish sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda moddiy-texnik bazaning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

➡️Shuningdek, muassasada bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual va jismoniy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan o‘quv va o‘yin jihozlari, sport maydonchalari hamda boshqa zarur vositalarning mavjudligi o‘rganildi. Muassasa rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

➡️O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

➡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan ijtimoiy soha obyektlari, xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash hamda mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish borasidagi deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3