Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
DEPUTAT ǴÁLLE JIYIN-TERIM BARISI MENEN TANÍSTÍ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi baslıǵınıń gezektegi ushırasıwı ótkerildi.
янв.21
“Taǵjap” awıl puqaralar jıyınınıń “máhalle jetiligi” jumısı úyrenildi
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
ҮШ ӘЎЛӘД УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
MAHALLADAGI HAMKORLIK VA BOSHQARUV TIZIMI – DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov shahardagi "Farhod" mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandilar.

O‘rganish davomida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori tomonidan aholi bilan ishlash, murojaatlarni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada "mahallabay" ishlash tizimi, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar yig‘ini faoliyatining samaradorligi hamda davlat organlari bilan hamkorlik masalalari atroflicha tahlil qilindi.

Muloqot jarayonida hududda mavjud muammo va ehtiyojlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish natijalari Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masalalarni shakllantirish, tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muhokama qilish hamda qabul qilinadigan qarorlarda o‘z aksini topadi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan mahallalarda olib borilayotgan bunday amaliy o‘rganishlar davlat organlari va mahalla institutlari hamkorligini yanada mustahkamlash, aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularning samarali yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4