Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI RAYONLIQ DENSAWLIQTI SAQLAW BÓLIMI JUMISIN ÚYRENDI
янв.21
“Taǵjap” APJ aymaǵındaǵı qurılıs jumısları menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
Deputat Kegeyli kanalınıń Bes-jap tarnawı suw sarplaw jaǵdayın úyrendi
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Doimiy komissiya yig‘ilishida dastlabki tarzda quyidagi tumanda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasida shakllangan umumiy mablag‘lar doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida masala yuzasidan tegishli hisobot tinglandi.

Ma’lumot o‘rnida, tumandagi “Zig‘ir” mahallasidan 10 mln so‘m, “Begobod” mahallasidan 20 mln, “Palaxon” mahallasidan 5 mln, “Tinchlik” mahallasidan 10 mln, “Yakkamulla” mahallasidan 20 mln hamda “Yangiyer” mahallasidan 10 mln so‘m taqsimlangan mablag‘lardan jami 75 000,0 (yetmish besh million) so‘m mablag‘ni tumandagi “Yangiqishloq” mahallasiga 15 mln, “CHorbog‘” mahallasiga 10 mln, “Begmurod” mahallasiga 20 mln, “CHang” mahallasiga 20 mln, “Yulg‘unzor” mahallasiga 10 mln so‘m mablag‘larni o‘tkazib berish yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tegishli xatlari ko‘rib chiqildi.

So‘ngra doimiy komissiya a’zolari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ushbu masala yuzasidan o‘zlarining zarur taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilab olindi hamda masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi 

Slide 1 of 3