Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI RAYONLIQ DENSAWLIQTI SAQLAW BÓLIMI JUMISIN ÚYRENDI
янв.21
“Taǵjap” APJ aymaǵındaǵı qurılıs jumısları menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
Deputat Kegeyli kanalınıń Bes-jap tarnawı suw sarplaw jaǵdayın úyrendi
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugidagi Yoyilma mahalla fuqarolar yig‘inida aholining ijtimoiy himoyasini ta'minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim Sh.Rahmatova tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularning o‘z vaqtida to‘lanishi bilan bog‘liq ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishda deputat A.Mahkamov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Yoyilma mahallasi raisi A.Po‘latov ishtirok etdilar.

Ma'lum qilinishicha, bugungi kunda Yoyilma mahallasida "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan 118 nafar fuqaro mavjud bo‘lib, ularga davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy ko‘mak choralari ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Asilobod ko‘chasi 205-uyda istiqomat qiluvchi I guruh nogironi R.Otaqulovaning yashash uyi Inson ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan 17 million so‘m mablag‘ evaziga ta'mirlanganligi xolati oʻrganildi.

Shuningdek, fuqarolarning deputatlar bilan muloqotini yanada qulay va ochiq tashkil etish maqsadida hudud deputati X.Abdurahmonovga QR-kod orqali murojaat yuborish imkoniyati hamda fuqarolarni qabul qilish jadvali aks ettirilgan axborot e'lonlari mahallaning ko‘rinarli joylariga joylashtirildi.

Bunday o‘rganishlar joylarda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligini ta'minlash hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6