Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini
qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib turmush kechirishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Shu munosabat bilan xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri
R.Nodirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilovlar tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori ijrosi
doirasida M.Xasanov mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar
o‘rganildi.


O‘rganish davomida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan hamda
tarkibida I guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qilayotgan xonadonda
olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Xonadonning yashash
sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan qurilish-ta’mirlash ishlari
“FOUR PILLARS” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish materiallarining holati
va ishlarning belgilangan reja asosida olib borilishi ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga qurilish-ta’mirlash
ishlarini o‘z vaqtida, sifatli va belgilangan me’yorlar asosida yakunlash
yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


Xonadon a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ular yaratilayotgan sharoitlar va
ko‘rsatilayotgan amaliy yordam uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.


Aniqlangan kamchiliklar esa deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga qayd etildi va bartaraf etish masalalari nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 6