Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Kegeyli kanalınıń Bes-jap tarnawı suw sarplaw jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat máhállede sanitariya hám jámiyetlik salamatlıq máselelerin dodaladı
янв.21
2-IYUL - ÓZBEKSTAN RESPUBLIKASI MÁMLEKETLIK GERBI QABIL ETILGEN KÚN
янв.21
KEŃES BASLÍǴÍNÍŃ MÁHÁLLE BELSENDILERI MENEN UShÍRASÍWÍ ÓTKERILDI
янв.21
Deputat 2026-2027-oqıw jılına tayarlıq sheńberinde mekteptegi ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat Shımbay rayonındaǵı mayıplıǵı bolǵan er adamlar ushın "Múriwbet" úyindegi qurılıs-ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
seminar
янв.21
30-июнь — Жаслар күни
янв.21
Социаллық объектлер үйренилмекте!
янв.21
“Kónshi” mákán puqaralar jıyınınıń “máhalle jetiligi” jumısı úyrenildi
Mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi ijrosi yuzasidan mahalliy byudjet daromadlari ko‘rsatkichlari, soliq ma’muriyatchiligidagi islohotlar hamda soliq organlari faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Qo‘qon shahar Soliq inspeksiyasida amaliy o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Kengashning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi X.Abdullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adxamov ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida Soliq inspeksiyasi bosh inspektori A.Muxammedjanov ishtirokida mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlari faoliyati, Soliq kodeksi talablarining joylarda ijro etilishi hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlari D.Tojinazarov, J.Murodov va boshqa mas’ullar tomonidan hududlarda olib borilayotgan ishlar, soliqlarni undirish samaradorligi, kunlik belgilangan reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi, soliq bazasini kengaytirish hamda byudjet tushumlarini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga Soliq kodeksida belgilangan soliq imtiyozlarini qo‘llash, tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan maslahat va amaliy yordam, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda soliq intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2