Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
"Шымбай ҳаўазы"
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA BASLÍǴÍ RAYONDAǴÍ SALÍQ INSPEKCIYASÍNÍŃ JUMÍSÍN ÚYRENDI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI RAYONLIQ DENSAWLIQTI SAQLAW BÓLIMI JUMISIN ÚYRENDI
Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi

Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qo‘ziyev Ravshan davolanishda bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka asosan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Umid qo‘rg‘oni hududida, Oqqush bog‘chasi yo‘nalishidagi piyodalar yo‘lakchasi holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur hududda 3 ta turar joy qurilishi boshlanganiga 1 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, qurilish ishlari to‘liq yakunlanmaganligi sababli piyodalar yo‘lakchasi uzoq muddat davomida foydalanishga yaroqsiz holatda qolib kelayotgani aniqlanadi.

Natijada ayniqsa ertalabki tig‘iz harakat vaqtlarida fuqarolar piyodalar yo‘lakchasidan foydalana olmasdan, avtomobil yo‘lidan yurishga majbur bo‘layotgani qayd etildi. Bu esa fuqarolar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holat sifatida baholandi.

Shuningdek, piyodalar yo‘lakchasida qurilish materiallarining tartibsiz ravishda joylashib qolganligi harakatlanish uchun qo‘shimcha noqulayliklar tug‘dirayotgani ta’kidlandi.
O‘rganish davomida hududda xavfsiz harakatlanishni ta’minlash, piyodalar yo‘lakchasini to‘sib turgan qurilish materiallarini tartibga keltirish hamda qurilish ishlari jarayonida fuqarolar uchun xavfsiz yo‘laklar tashkil etish zarurligi yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Ta’kidlanishicha, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat infratuzilmasidan to‘liq foydalanish imkoniyatini yaratish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1