Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov Uchtepa tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan zamonaviy 5 qavatli “Birlik” mahallasi binosining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

🏢 Tadbir davomida yangi binoda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida e’tirof etildi.

🤝 Marosimda deputat Muxtor Ilhomov mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlarini tezkor va samarali hal etish hamda mahallalarda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning ahamiyatiga to‘xtaldi.

🔎 Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini oshirish, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va ijtimoiy xodimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash hamda hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Yangi foydalanishga topshirilgan “Birlik” mahallasi binosi fuqarolarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish, mahalla tizimini mustahkamlash va aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10