Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat saylaw okruginde kóshe-kóshe júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Turaqlı komissiya rayonlıq Awıl xojalıǵı bólimi jumısı menen tanıstı
янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan 1-Guliston saylov okrugida joylashgan Guliston mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan 1-Guliston saylov okrugida joylashgan Guliston mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O'rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Rustam Norsaatov Qulsatovich tomonidan hududdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan kotibiyat mudiriga ma’lumot berdi.

Shuningdek, mahallada fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati, aholini qiynab kelayotgan masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholi bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tahlil markazida bo‘lgan muhim yo‘nalishlar:

• Mahalla raisi: Mahalladagi umumiy ijtimoiy-ma’naviy muhit, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali muvofiqlashtirish masalalari;

• Hokim yordamchisi Mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratilishi hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar samaradorligi;

• Xotin-qizlar faoli Mahalladagi xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, "Ayollar daftari" orqali ko‘rsatilayotgan manzilli ko‘maklar hamda oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish choralari.

• Ijtimoiy xodim Mahalladagi ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar, keksalar, yolg‘iz kishilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi.

"Mahalla faollari — aholining dardu tashvishini birinchi bo‘lib eshitadigan va ularga ko‘mak beradigan eng muhim bo‘g‘indir.

Slide 1 of 1