Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
DEPUTAT ǴÁLLE JIYIN-TERIM BARISI MENEN TANÍSTÍ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi baslıǵınıń gezektegi ushırasıwı ótkerildi.
янв.21
“Taǵjap” awıl puqaralar jıyınınıń “máhalle jetiligi” jumısı úyrenildi
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
ҮШ ӘЎЛӘД УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
“Binokor” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

“Binokor” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov Navoiy shahridagi “Binokor” mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida “mahalla yettiligi” faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–82 Farmoni, PF–258 Farmoni, PF–163 Farmoni va PF–209 Farmoni, shuningdek PQ–267 Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining VM 312-Qarori, VM 313-Qarori va VM 35-Qarori ijrosi yuzasidan atroflicha tahlil qilindi.

Tahlil jarayonida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Aholi muammolarini aniqlash, ularni hal etish hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat samaradorligi alohida baholandi.

Ta’kidlanganidek, mahalla tizimida fuqarolar bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv yakunida mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash hamda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3