Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
DEPUTAT ǴÁLLE JIYIN-TERIM BARISI MENEN TANÍSTÍ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi baslıǵınıń gezektegi ushırasıwı ótkerildi.
янв.21
“Taǵjap” awıl puqaralar jıyınınıń “máhalle jetiligi” jumısı úyrenildi
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
ҮШ ӘЎЛӘД УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi

         Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi Oila — jamiyat asosi, uning mustahkamligi va totuvligi esa yurtimiz farovonligi garovidir. Biroq, ba’zida mulkiy masalalar sababli eng yaqin insonlar o‘rtasida tushunmovchiliklar va uzoq yillik nizolar yuzaga kelishi ham hech kimga sir emas. Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh. Xaytaxunovga kelib tushgan murojaat ana shunday oilaviy muammoni bartaraf etishga qaratildi. Murojaat ortidan Kengash raisi va mutasaddilar vaziyatni joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandilar. Oila boshlig‘i hamda uning farzandlari ishtirokida o‘tkazilgan samimiy suhbat chog‘ida qonuniy va huquqiy asoslar tushuntirildi. Har ikki tomonning vajlari tinglanib, uzoq yillik kelishmovchiliklarning sabablari tahlil qilindi. Olib borilgan tushuntirish ishlari va oqilona yondashuv natijasida taraflar o‘zaro elishuvga erishdilar. Eng quvonarlisi, nafaqat mulkiy masala yechim topdi, balki ota va farzandlar o‘rtasidagi sovuqchilikka barham berilib, oilada yana tinchlik va totuvlik qaror topdi. Deputatlarning bu kabi mahallabay va xonadonbay o‘rganishlari aholining nafaqat ijtimoiy, balki shaxsiy muammolariga ham haqiqiy malham bo‘lmoqda. 

   

Slide 1 of 3