Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Taǵjap” APJ aymaǵındaǵı qurılıs jumısları menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
Deputat Kegeyli kanalınıń Bes-jap tarnawı suw sarplaw jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat máhállede sanitariya hám jámiyetlik salamatlıq máselelerin dodaladı
янв.21
2-IYUL - ÓZBEKSTAN RESPUBLIKASI MÁMLEKETLIK GERBI QABIL ETILGEN KÚN
янв.21
KEŃES BASLÍǴÍNÍŃ MÁHÁLLE BELSENDILERI MENEN UShÍRASÍWÍ ÓTKERILDI
янв.21
Deputat 2026-2027-oqıw jılına tayarlıq sheńberinde mekteptegi ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat Shımbay rayonındaǵı mayıplıǵı bolǵan er adamlar ushın "Múriwbet" úyindegi qurılıs-ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
seminar
янв.21
30-июнь — Жаслар күни
янв.21
Социаллық объектлер үйренилмекте!
Mahallada qonunosti hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Mahallada qonunosti hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan “Ziyokor” mahallasida hokim yordamchisi hamda mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PF–143-son Farmoni va 2025-yil 3-yanvardagi PF–1-son Farmonlarida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mazkur hujjatlar asosida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda manzilli ishlash va fuqarolar muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aholi murojaatlari bilan ishlash holati, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar ham tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, mahalla tizimi faoliyati samaradorligini oshirish hamda aholining turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2