Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
DEPUTAT ǴÁLLE JIYIN-TERIM BARISI MENEN TANÍSTÍ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi baslıǵınıń gezektegi ushırasıwı ótkerildi.
янв.21
“Taǵjap” awıl puqaralar jıyınınıń “máhalle jetiligi” jumısı úyrenildi
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
ҮШ ӘЎЛӘД УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda

Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-son qaroriga muvofiq, tumanda ichki yo‘llarni saqlash, joriy ta’mirlash hamda mavjud infratuzilma holatini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlarda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarni joyiga chiqib o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🇺🇿 Navbatdagi o‘rganishlar davomida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Nurmuhamedov Degrez mahallasida bo‘lib, fuqarolar murojaatlarini o‘rgandilar.

📝 Xususan, fuqaro Rustam Alimuhamedov tomonidan yashash manziliga tutash hududga asfalt qoplamasi yotqizish masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Murojaatchi mazkur masala bo‘yicha bir necha yildan buyon tegishli tashkilotlarga murojaat qilib kelayotganini ma’lum qildi. Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida mahalla raisi ham ishtirok etdi. O‘rganish natijasida mazkur hudud amaldagi asfaltlashtirish dasturiga kiritilmaganligi aniqlanib, fuqaroga ushbu masala yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔼 Shundan so‘ng, Degrez mahallasining asosiy ichki ko‘chalari va yo‘l infratuzilmasi holati ham ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan yaqin kunlarda dastur asosida ajratilgan asfalt qoplamalarini yotqizish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mahallalarda mavjud infratuzilma muammolarini bartaraf etish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘rganishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 6