Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📆 Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 22-26-iyun kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңеси баслығы О.Толыбеков районлық Мелиорация бөлиминде болып, мекемениң бүгинги күндеги жумыс барысы ҳәм алдағы режелери менен жақыннан танысты.
янв.21
депутат_ушырасыўы
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
Deputat rayonlıq Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi bóliminde úyreniw jumısların alıp bardı
янв.21
"JASLAR SEYILI" HÁM "JASLAR DÓRETIWSHILIK KÓSHESI"
янв.21
Deputat máhálle puqaraları menen ushırastı
янв.21
Ushırasıw bolıp ótti
янв.21
Еркин Қарақалпақстан газетасының 2026-жыл 11-июнь күнги 66-саны
янв.21
Deputat "Insan" sociallıq xızmetler orayında úyreniw jumısların alıp bardı
Bayram ko‘chasidagi asfalt qoplamasi masalasi deputatlar e’tiborida

Bayram ko‘chasidagi asfalt qoplamasi masalasi deputatlar e’tiborida

📝 Nishabariq mahallasi Bayram ko‘chasida joylashgan116-uy oldidagi taxminan 300 kv.m hududni asfaltlashtirish masalasi yuzasidan fuqaro Nurmuxamedov Xayrulla Jo‘rayevich tomonidan og‘zaki murojaat qilindi. Murojaatda mazkur hudud uzoq yillardan buyon asfalt qoplamasi bilan ta’minlanmagani, ushbu manzil tegishli dasturlarga taklif etilmagani hamda ayrim hujjatlarda mazkur hududda asfaltlashtirish ishlari bajarilgani haqida ma’lumotlar mavjudligi bildirilgan.

📊 Murojaat yuzasidan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida hududning amaldagi holati ko‘zdan kechirilib, murojaatda ko‘rsatilgan holatlar atroflicha tahlil qilindi.

📁 Shuningdek, tumanda asfalt qoplamasi yotqizish va ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud manzilli dasturlar hamda tegishli qarorlarda belgilangan vazifalar o‘rganildi. Xususan, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-son qarori asosida tumandagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar tahlil qilindi.

🗂 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori, 2026-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgani, ichki yo‘llar holatini yaxshilash va aholi uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish ustuvor vazifalardan biri ekanligi qayd etildi.

🗣 O‘rganish yakunida mazkur masalani tegishli doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibiga kiritish, holat yuzasidan qo‘shimcha tahlillar o‘tkazish hamda belgilangan tartibda deputatlik so‘rovi chiqarish bo‘yicha choralar ko‘rilishi yuzasidan murojaatchiga ma’lumot berildi.

✅ Ushbu masala deputatlar nazoratiga olinib, ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 6