Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📆 Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 22-26-iyun kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңеси баслығы О.Толыбеков районлық Мелиорация бөлиминде болып, мекемениң бүгинги күндеги жумыс барысы ҳәм алдағы режелери менен жақыннан танысты.
янв.21
депутат_ушырасыўы
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
Deputat rayonlıq Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi bóliminde úyreniw jumısların alıp bardı
янв.21
"JASLAR SEYILI" HÁM "JASLAR DÓRETIWSHILIK KÓSHESI"
янв.21
Deputat máhálle puqaraları menen ushırastı
янв.21
Ushırasıw bolıp ótti
янв.21
Еркин Қарақалпақстан газетасының 2026-жыл 11-июнь күнги 66-саны
янв.21
Deputat "Insan" sociallıq xızmetler orayında úyreniw jumısların alıp bardı
Yoshlar siyosati ijrosi – deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining haftalik ish rejasiga muvofiq, deputatlar tomonidan biriktirilgan qonun, qaror va farmonlar mazmun-mohiyati chuqur o‘rganilib, ularning ijrosi yuzasidan mahallalarda deputatlik nazorati olib borilmoqda.

📍 Xususan, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda shahar Kengashi bosh mutaxssisi A.Temirov ishtirokida deputat F.Homidovning saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

💬 O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatiga oid qaror va farmonlar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yoyayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, sport va madaniy tadbirlarga jalb etish holati tahlil qilindi.

💬 Shuningdek, mahalladagi yoshlar yetakchisi A.Abdujabborovning faoliyati samaradorligi, yoshlar muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, “Yoshlar daftari” bilan ishlash holati hamda ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini joyida hal etish va bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

🫥 Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi. Ularning ta’lim olishi, kasb egallashi, band bo‘lishi va o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanilishini ta’minlash esa barchamizning muhim vazifamizdir.

Slide 1 of 2