Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil birinchi mavsumida Termiz tumanidagi Gulbahor mahallasi g‘olib deb topilib, mahalla hududidagi Ko‘rg‘ontepa ko‘chasining 3100 metr qismi to‘liq asfaltlandi. Ushbu loyiha “Tashabbusli budjet” doirasida amalga oshirilib, aholi uchun qulay transport va infratuzilma sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Mazkur ishlar yuzasidan Gulbahor mahallasidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Nazarov joyiga chiqib o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida bajarilgan asfaltlash ishlari sifati, yo‘l qoplamasining holati hamda hududda yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Tashabbusli budjet” doirasidagi yana bir muhim loyiha — “Mening bog‘im” tashabbusi ham o‘rganildi. Ushbu loyiha doirasida Gulbahor MFY 250 million so‘mlik loyiha bilan g‘olib bo‘lgan bo‘lib, deputat S. Nazarov loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan yer maydonlari bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida loyihalarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, aholi uchun qulay va samarali infratuzilma yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5