Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat sorawı
янв.21
Isshi topar aǵzaları úyreniw jumısların alıp barmaqta
янв.21
Isshi topar aǵzaları tárepinen úyreniw jumısları dawam etpekte
янв.21
4-sanlı ulıwma bilim beriw mektebiniń filialın ashıw boyınsha usınıslar úyrenildi
янв.21
Кеңес баслығының мәҳәлле белсендилери ҳәм нураныйлар менен ушырасыўы болып өтти
янв.21
Deputat sawda orayındaǵı salıqın ishimlikler satıw orınlarınıń saniterialıq-gigenalıq jágdayı úyrenildi.
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Ushırasıw bolıp ótti
янв.21
Deputat sharwashılıq xojalıǵınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhálledegi mashqalalardı úyrendi
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttiz oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi murojaatlari bilan ishlash, yoshlar bandligi hamda mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga oid qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

 Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

Bog‘ot tuman hokimi J.Nazarovning xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga koʻtarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish boʻyicha Qarshi shahri tajribasi asosida amalga oshiriladigan chora tadbirlar rejasini tasdiqlash hamda 2026-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida

Tuman hokimining shaharsozlik hujjatlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida

Bog‘ot tumanida oliy o‘quv yurti bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Bekchanovning hisoboti to‘g‘risida

Tumandagi yoshlar uchun yozgi ta’tilni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlari dasturi yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Matniyozovning hisoboti to‘g‘risida

Bog‘ot tumani mahalliy budjetining 2026-yil I chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida

Bundan tashqari, sessiya davomida kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar hamda topshiriqlar belgilab berildi.

Slide 1 of 6