Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida shahardagi “Saxovat” mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda mazkur dastur doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan.
Daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida zamonaviy kasb-hunarlarga qayta o‘qitish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularni tizimli hal etish hamda fuqarolarning farovon turmush kechirishiga xizmat qiluvchi amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.