Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M. Saidov tomonidan Zormon mahallasi “yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari, ijtimoiy muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni yanada obod qilish, fuqarolar bandligini ta’minlash va yoshlar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusida mahalladagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.