Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Isshi topar aǵzaları tárepinen úyreniw jumısları dawam etpekte
янв.21
USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
Deputat qara úy ustaxanası jumıs menen tanıstı
янв.21
Deputat sorawı
янв.21
Isshi topar aǵzaları úyreniw jumısların alıp barmaqta
янв.21
Isshi topar aǵzaları tárepinen úyreniw jumısları dawam etpekte
янв.21
4-sanlı ulıwma bilim beriw mektebiniń filialın ashıw boyınsha usınıslar úyrenildi
янв.21
Кеңес баслығының мәҳәлле белсендилери ҳәм нураныйлар менен ушырасыўы болып өтти
янв.21
Deputat sawda orayındaǵı salıqın ishimlikler satıw orınlarınıń saniterialıq-gigenalıq jágdayı úyrenildi.
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muhim masalalardan biri sifatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarining holati kiritildi. Mazkur masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i J.Axrorov axborot berib, amaldagi qonunchilik asosida olib borilayotgan ishlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, hujjatlashtirish jarayonlari hamda mavjud muammolar haqida batafsil ma’ruza qildi.

Ma’ruzada viloyat hududlarida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari va ularda barpo etilgan obyektlarni qonuniylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarning mulkiy huquqlarini ta’minlash, yer munosabatlarini tartibga solish hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan sohaga oid qator savollar o‘rtaga tashlanib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda qonunchilik talablarining ijrosini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror va tavsiyalar qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 3