Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Isshi topar aǵzaları tárepinen úyreniw jumısları dawam etpekte
янв.21
USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
Deputat qara úy ustaxanası jumıs menen tanıstı
янв.21
Deputat sorawı
янв.21
Isshi topar aǵzaları úyreniw jumısların alıp barmaqta
янв.21
Isshi topar aǵzaları tárepinen úyreniw jumısları dawam etpekte
янв.21
4-sanlı ulıwma bilim beriw mektebiniń filialın ashıw boyınsha usınıslar úyrenildi
янв.21
Кеңес баслығының мәҳәлле белсендилери ҳәм нураныйлар менен ушырасыўы болып өтти
янв.21
Deputat sawda orayındaǵı salıqın ishimlikler satıw orınlarınıń saniterialıq-gigenalıq jágdayı úyrenildi.
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Farrux Sarmanov Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Baxovadinov bilan birgalikda "Yangi turmush" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

#deputatlik_faoliyati

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan sport, madaniy-ma’rifiy va kasbiy yo‘nalishdagi tadbirlarning qamrovi hamda natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot jarayonida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni ish bilan ta’minlash, kasbga o‘qitish kurslariga jalb qilish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari eshitildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar ustidan parlament nazorati doirasida monitoring ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 3