Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat sorawı
янв.21
Isshi topar aǵzaları úyreniw jumısların alıp barmaqta
янв.21
Isshi topar aǵzaları tárepinen úyreniw jumısları dawam etpekte
янв.21
4-sanlı ulıwma bilim beriw mektebiniń filialın ashıw boyınsha usınıslar úyrenildi
янв.21
Кеңес баслығының мәҳәлле белсендилери ҳәм нураныйлар менен ушырасыўы болып өтти
янв.21
Deputat sawda orayındaǵı salıqın ishimlikler satıw orınlarınıń saniterialıq-gigenalıq jágdayı úyrenildi.
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Ushırasıw bolıp ótti
янв.21
Deputat sharwashılıq xojalıǵınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhálledegi mashqalalardı úyrendi
KENGASH QARORI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining yigirma yettinchi sessiyasida shahardagi ichki ko‘chalar va ichki xo‘jalik yo‘llarini saqlash hamda joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, deputatlarning hududlarda olib borgan o‘rganishlari va fuqarolar murojaatlari asosida qabul qilindi.

Sessiyada ta’kidlanganidek, shahar mahalliy byudjeti hisobidan ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash ishlari uchun 4,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar hisobidan mahallalar va aholi gavjum hududlardagi ko‘chalarning holatini yaxshilash, transport qatnovi va fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasining shakllanishida deputatlarning joylardagi o‘rganishlari, saylovchilar bilan uchrashuvlarda bildirilgan takliflar hamda hududlardagi mavjud muammolar muhim asos bo‘ldi. Aynan deputatlarning tashabbusi va deputatlik nazorati natijasida ichki yo‘llar masalasi kun tartibidagi ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi.

Manzilli roʻyxat bilan 👉BATAFSIL👈bu yerda tanishing!

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari bundan buyon ham hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini kuchaytirib, aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni ilgari surishda davom etadilar.

Slide 1 of 1